Vilnyusda bir hafta oxiri

Boltiqbo'yi mamlakatlari meni har safar yangidan o'zlariga mahliyo etadi. Shu tufayli ham tez-tez Vilnyusga kelib turaman. Xuddi boshqa shaharlardagidek bu yerda ham har bir tashrifda shaharning yangi qirralarini kashf etish va yangi ta'asurotlar to'plash mumkin.

Bu safar ham shahar markazidagi ibis mehmonxonasini bron qilgandim, eski shahar taxminan 15 minutlik piyoda masofada joylashgan. Keyingi avtobus bekati ham uncha uzoq emas. Bu tashrifimda eski shahar e'tibor markazimda emasdi.

Ammo yo'lim eski shahar orqali o'tgandi, avvalo ilmiy akademiya kutubxonasi yonidan. Buyuk knyazlik qasri oldida St. Stanislaus cherkovi joylashgan, ushbu Boltiqbo'yidagi eng bezakdor cherkovlaridan biri hisoblanadi.

Keyin esa St. Anna va muqaddas Frans fon Assisi cherkovlari yonidan o'tdim. Bu yerdan borayotgan manzilim - bastion tepaligiga masofa uzoq emas edi. Bu yerdan turib shahar ajoyib manzarasini tepadan kuzatish mumkin. Joy nomi aytib turganidek bu yerda Vilnyus bastionini topish mumkin, u hozirda muzeyga aylantirilgan.

Keyingi manzilim Vilnyus vokzali edi.

Avvalgi tashriflarimda litva temir yo'l muzeyiga kirishga hech ulgurmaganim tufayli bugun baxtimni sinab ko'rmoqchi edim. Ajablanarlisi shundaki bu safar muzey nafaqat yopiq, balki umuman joyida mavjud emasdi. Ko'zlarimga ishona olmasdim, ammo vokzal narigi tomonida muzeyni tezda topib oldim. Oxirgi safarimdan buyon muzeyni ko'chirishgan ekan, hozirda bu yerga kun-u tun kirish mumkin hamda muzey hududi avvalgidan ancha kengaygan, orqa treklar bir qancha vaqtdan buyonfoydalanilmasdi.

Oqshomni kechki ovqatdan so'ng Neris daryosi bo'yida tungi lavhalar olish bilan o'tqazdim. Shtativsiz bo'lganim sababli sur'atga olishga mos joy topish oson bo'lmadi.

Shahar ichiga ham bir kirib o'tdim.

Keyingi kun yaxshilab nonushta qilgach aeroportga ketishdan avval shaharda yana bir nechta sur'atlar oldim.

uz_UZ