O'zbekiston borasida umumiy ma'lumotlar

O'zbekistonda taksidan foydalanish

O'zbekistonda taksidan foydalanishni bilish kerak, mehmonxonalar bajonidil maxsus o'zbekcha ilova orqali taksi chaqirib berishadi, aks holda savdolashish kerak, ko'chada biroz bo'lsada nemis yoki ingliz tilida gaplasha oladigan taksichi topish oson emasligi savdolashishni oson qilmaydi. Toshkentda rasmiy litsenziya bilan harakatlanuvchi taksilar kam topiladi, ko'pchilik taksichilar litsenziyasiz yurishadi. va yo'l-yo'lakay yo'lovchi olib ketishadi, Toshkent ichida taksi uchun ko'p holatlarda 20mingdan 30minggacha to'lanadi. Yo'l narxi kamdan kam holatlarda 50ming so'm, aeroportgacha esa taksi mehmonxona qayerda joylashganiga ko'ra 100ming so'mgacha chiqishi mumkin. 

Samarqandda taksidan foydalanish Toshkentga ko'ra ancha oson. Ko'plab rasmiy taksilarda taksometer o'rnatilgan, aksincha vaziyatlarda shahar ichida masofaga ko'ra kishi boshiga 5000dan 10.000 so'mgacha turadi. Mehmonxonadan vokzalgacha yuklarimiz bilan taksometer orqali har bir taksiga 30.000 so'mdan to'ladik, aeroportgacha bo'lgan narx ham taxminan shu atrofda bo'lardi.
Viloyatlararo qatnov narxlari ancha qimmatroq, Toshkentdan Samarqandgacha biz ikki taksiga jami 700.000 so'm (60€ atrofida) to'ladik, yo'l xarajatlarida tejamkorlar uchun maxsus marshrutka taksilar, minibus va avtobuslar turuvchi joylar ham mavjud, ushbu turdagi marshrutkalar bilan chekka qishloqlargacha yetib olish mumkin.

Metro, tramvay va avtobus

Mamlakatning yagona metro qatnovi Toshkentda yo'lga qo'yilgan, boshqa shaharlarda yer qatlamlari xususiyati tufayli metro qurilishi imkoni yo'q. Toshkent metrosi 1960-yillardan buyon mavjud, hozirda yangi turdagi, salqinlashtirilgan metrolar ammo ancha eski poyezdlar ham harakatlanadi. Toshkentda uch shaharichi va ikki tashqi shaharni bog'lovchi liniyalar yer ustida harakatlanadi. Biletlar kassada olinishi kerak va bir martalik foydalanish 1400 So'm turadi, ushbu bilet bilan istalgan masofagacha metroda yurish mumkin, bundan tashqari har bir bekatda tushish va bekatni tomosha qilish va keyingi metro bilan yo'lni davom ettirish mumkin, hozirda sur'atga olishga ham qarshilik qilinmaydi. 

Mamlakatning yagona tramvayi Samarqandda harakatlanadi, bir yo'nalishga qatnov narxi 1200 so'm va tramvay ichida to'lanadi, hozirda ikkita liniya qatnovda va davomiy kengaytirib borilmoqda. Tamvay qatnovi 2019-yilda tiklanganidan buyon bu yerda qadimiy tramvaylar harakatlanadi, ammo hozirda zamonaviy vagonlar ham qatnovda. Afsuski ushbu safarimda tramvaylardan foydalanishga ulgurmadim. 

Har bir katta shaharda avtobus tarmog'i yo'lga qo'yilgan, bir qancha liniyalar va bekatlar mavjud. Samarqandda avtobus narxi 2019-yil 1200 so'm edi. Bu safar avtobus bian yurishga ham ulgurmadim. Xiva shahar tashqari qismida elektrobuslar ham harakatlanadi. 

Diqqatga sazovor joylarga kirish narxlari

Ko'plab diqqatga sazovor joylarda kirish narxi 30.000 va 50.000 so'm oralig'ida, kamdan kam holatlarda nar biroz ko'proq yoki kamroq. Kirish narxlari odatda sur'atga olish narxini o'z ichiga oladi. Mahalliy aholi deyarli hamma joyda 5000 so'm to'laydi. Xivada deyarli barcha diqqatga sazovor joylar uchun yagona kirish chiptasi mavjud, ushbu chiptadan 24 soat davomida foydalanish mumkin va roppa rosa 120.000 so'm turadi, mahalliy aholi uchun esa 30.000, katta mavzoley uchun esa qo'shimcha 25.000 so'm yoki mahalliy turist sifatida 2000 so'm to'lash kerak. Ichki shaharga kirish umuman olganda bepul, shimoliy va janubiy darvozalar odatda ochiq bo'ladi, g'arbiy darvoza yonida to'siqsiz kichik darvozacha ham mavjud. Buxoroda deyarli barcha joylarga kirish narxi 40.000 so'm atrofida. 

Valyuta almashtirish

Deyarli har bir bankda valyuta almashtirish imkoni mavjud, birinchi marta aeroportda alishtirib olgan ma'qul, kurs hamma joyda bir xil, hech qanday yashirin to'lovlar yo'q, yevrodan avval dollarga alishtirish ham shart emas, yevro kursi ayni damda juda yaxshi (May 2022, 1€ = 12.400 so'm, 1$ = 11.200 so'm), ammo qayta alishtirish kursini bermasliklari va ushbu farq kassirlar tomonidan o'zlashtirilmasligi uchun chekni nazoratdan o'tqazish lozim. 

Ko'p joylarda hozirda Visa va Mastercard qabul qiluvchi avtomatlarda ham pul chiqarib olish mumkin. 

Naqd pul orqali to'lov

To'lovlar deyarli doim naqd pul orqali amalga oshiriladi.Mehmonxonalardan boshqa joylarda odatda kredit kartalar qabul qilinmaydi. Mehmonxona narxlari odatda dollarda ko'rsatiladi, restoranlarda doim so'm qabul qilinadi, choychaqa odatda hisob ichiga olingan va qo'shimcha berilishiga hojat yo'q.

Ichki parvozlar

Meine Erfahrungen sind von 2019: Die Buchung erfolgt bequem von Deutschland, entweder über OTA oder direkt bei Uzbekistan Airways (uzairways.com), ichki tarmoq juda kengaytirilgan, ichki manzillarning deyarli barchasiga Toshkentdan kuniga uch martagacha uchiladi. Samarqand aeroporti qayta ochilishidan so'ng Toshkentdan boshqa manzillarga parvozlar hali qayta izga qo'yilmagan. Aeroportda uch nazorat punktidan o'tish lozim: 1-nazorat hududga kirish uchun (Toshkent aeroportida hojat yo'q), 2-nazorat terminalga kirish uchun. 3-nazorat punkti havo yo'li tomonga o'tish uchun. 2019-yil 100mlgacha suyuqliklar olib o'tilishi mumkin edi. Chipta olishda bagajsiz Layt uchish ta'rifini e'tiborga olish lozim. 

Restoranlar

Ko'plab restoranlarda taklif etiladigan taomlar sur'atlarini o'z ichiga oluvchi menyular mavjud, ba'zilarida narxlar kg uchun ko'rsatilgan, ba'zan esa har bir 100g uchun. Narxlar odatda so'mda, kredit kartalar kamdan kam holatlarda qa'bul qilinadi. Milliy taomlar odatda eng yaxshi taomlar, bu yerda "quruq" restoranlar ham yetarlicha, alkogolli ichimliklar ko'p joylarda diniy sabablarga ko'ra taklif etilmaydi. Choychaqa odatda hisob ichiga olingan, 5% dan 15% gacha normal, Toshkentdagi bir restoranda esa 20% qo'shimcha hisoblashdi. 

To'rt kishi salatlar va ichimliklarni ham o'z ichiga olganda 50€ dan kam miqdorga yaxshi ovqatlanish mumkin. Ovqatlar miqdori odatda kichik emas, shu sababli ko'p hollarda kamroq buyurtma qilish va o'zaro bo'lishish tavsiya qilinadi.

 

Tavsiya etishga arzigulik restoran va kafelar 

Toshkent: hozircha hech qanday, yomon servis ammo 20% qo'shimcha xizmat haqqi hisoblangan joy aytib o'tishga arzimaydi 

Samarqand: Samarqand, Manhatten Istiqlol restoranlari va Afrosiyob choyxonasi 

Xivada: Terassa, Zarafshon kafesi; pivo uchun: Qozi Kalon madrasasi ro'parasidagi kioska (tanlov uchun 10 xil pivo turlari)

Buxoroda: Wishbone kafesi, Labi Hovuz va Old Bukhara restoranlari

2 thoughts on “Allgemeine Informationen zu Usbekistan

Comments are closed.

uz_UZ