Ellingenga ekskursiya

Ellingen 1216-yildan nemis ordeniga kirgan va franklar qo'mondoni turar joyi sifatida xizmat qilgan. Ushbu nemis ordenining eng kuchli bo'limi edi va shu tufayli ham kichik Ellingen keng qamrovli hududiy va iqtisodiy kuch markazi hisobanardi. 

Saroy cherkovi

Ammo hozirgi saroy qurilgan davrda nemis ordeni allaqachon quyi zodagonlarni ta'minlovchi tashkilot darajasiga rivojlanib ulgurgandi. Hozirgi qasr o'rnida turli o'rta asrlarga xos va uyg'onish davrini reprezentatsiya qiluvchi imoratlar joylashgandi. Hozirgi saroy majmuasi qurilishi 1708-yilda boshlangan va kechki gotik uslubini barok davrigaolib kirdi. Asosiy qurilish ishlari 1718-yildan 1720-yilgacha arxitektor Franz Keller rahbarligida olib borilgan. 

Ichki dizayndan shift chizma sur'atlari, devor panellari hamda Franz Kellerning gips ishlanmasi saqlab qolingan. Ichki hovlidagi ustunlar fransuz arxitektori Mixel d'lxnard tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari bir qismi hisoblanadi va 1775-yillar atrofida yangilangan.

Ushbu saroy ham Bavariya saroylar boshqarmasi yillik kartasi ichiga olingan va bu yerga faqat ekskursiya orqali tashrif buyurish mumkin, mening omadim keldi xususiy ekskursiya orqali kirdim.

uz_UZ