Keyingi safar - Samarqand sari

10-may 2022

Samarqandga poyezd bilan safarimiz 9 atrofida jo'nashi va 12:25 atrofida yetib kelishi kerak edi. Ammo ikkita mos taksi topish va kerakli vokzalni topish rejadagidan ko'proq vaqt olgani tufayli poyezdga kech qoldik, vokzalga yetib kelganimizda esa poyezdimiz allaqachon jo'nab bo'lgandi. Keyingi variantlardan biri 18:00 da biz turgan shimoliy vokzaldan yoki 14:00da janubiy vokzaldan jo'nar ekan. Qaynukam tezda Samarqandgacha taksi tashkil qilib berdi va biz 15:00da mehmonxonaga yetib keldik. Samarqandgacha ikkala taksiga jami 60€ atrofida to'ladik. Yo'l taxminan 4 soatcha ajoyib manzaralar ichra davom etdi, O'zbekiston Toshkent va Samarqand orasidagi yerlar mayin ob-havo tufayli yashillikga juda boy. 

Yo'l davomida avtomashinalarni yoqilg'i bilan to'ldirishni ham o'rganib oldik, O'zbekistonda deyarli barcha yengil mashinalarga metan gaz juda arzonligi va keng tarqalgani sababli gaz baklari o'rnatilgan, bir kilogram metan taxminan 2400-4000 so'm, bir litr benzin 8000-9500 so'm atrofida turadi. Dizel esa ko'p holatlarda topilmaydi. Yoqilg'i to'ldirish jarayonida mashinada qolish mumkin emas, shu tufayli yoqilg'i quyish shahobchalari oldida ko'pchilk kutuvchilarni uchratish mumkin.

Xonaga bir nazar

Shaharning yahudiy va tojiklarga boy qismida joyashgan 10 xonali mo'jazgina oilaviy boshqariladigan mehmonxonada bron qilgandik, mehmonxonadan Registongacha 10 daqiqada piyoda yetib olish mumkin. Bizga berilgan milliy uslubda jihozlangan ikki chiroyli xonaga joylashganimizdan so'ng shahar tomon otlandik. Sekin ochlikni his qila boshladik, nonushtadan beri hali deyarli hech narsa totinmagandik. 

Taksi bilan Samarqand restoraniga yo'l oldik. Judayam ajoyib, millliy restoran saralangan mahalliy taomlar taklif etadi. Bu yerda manti va qo'y go'shtidan kabob buyurtma qildik.

Ajoyib ovqatdan so'ng motamsaro ona haykalini tomosha qildik va Chet tillar instituti yonidagi yo'l orqali Registon maydoniga qaytdik.

Registon

Oqshomni mehmonxonada pivo va chaq-chuqlar bilan o'tqazdik. Kichik chaq-chuq sifatida bu yerda qovurilgan no'xat, sho'rdanak, mayiz va turli yong'oqlar dasturxonga tortiladi. 

uz_UZ