Toshkent

9-may 2022

Bugungi kun harorati 34 darajagacha chiqishiaytilgandi. O'zbekiston mehmonxonasidan avvalo ko'cha narigi tomonida joylashgan Amir Temur maydoni tomon yo'l oldik, Amir Temur bu yerda ot ustida tasvirlangan, mamlakatda unga yana boshqa ikki haykal qo'yilgan. 

Amir Temur ot ustida
Mustaqillik maydoni

Toshkentning keyingi ko'chalari bo'ylab kezar ekanmiz Milliy kutubxona binosi o'zi tomon chorladi. Ushbu bino va Yoshlar Ijod Saroyi oralig'idagi maydonda 6-maydan 9-maygacha Gullar Festivali tashkil etilganidan foydalanib ushbu kichik parkni kezib chiqdik va keyingi manzil Mustaqillik maydoni tomon yo'l oldik. Afsuski Mustaqillik va ezgulik monumenti atrofi yopiq ekan, taxminimizcha bu yerda Ikkinchi Jahon Urushi qurbonlarini xotirlash marosimi o'tqazilayotgan edi, shu tufayli faqat favvoralar yonigacha bora oldik xolos. Harorat qizigandan qiziy boshlagani tufayli metroda panoh topdik.

Metro bekatlarida sur'atga olishga hozirda ozmi-ko'pmi qo'yib beriladi, shu tufayli mehmonxonaga qayta olganimizcha har bir bekatda metrodan tushib bezaklarini tomosha qildik.

Mehmonxonada o'zimizni biroz salqinlatib tushki jazirama bosilishini kutgach kechga tomon yana shahar tomon yo'l oldik, birinchi maqsad - 1966-yilgi zilzila qurbonlari yodgorligiga tashrif. Keyin esa Navro'z parkida charxpalak uchdik, bu yerda shaharning uzoq qismlarigacha tepadan kuzatish va ushbu ajoyib manzaradan bahra olish mumkin. 

1966-yilgi zilzila qurbonlari yodgorligi

Keyingi manzilimiz Ko'kaldosh madrasasi, ushbu tomon yo'lning oxiri esa yo'qdek ko'rinardi. Piyoda ketar ekanmiz kino binosi va Alisher Navoiy haykali yonidan ham o'tdik.

Toshkentdagi ilk kunimiz oqshomi mehmonxonadan uzoq bo'lmagan bir restoran sari yo'lladi. Kechki ovqatga shashlik va qo'y go'shtidan kabob buyurtma qildik. 


uz_UZ