Samarqand

11-may 2022

Mehmonxonaning eng tarixiy xonasidagi ajoyib nonushtadan so'ng rafiqamning yaqin dugonasi va bir tanishi bilan shaharning diqqatga sazovor joylarini ko'rish uchun uchrashdik, bu vaqt oralig'ida turmush o'rtog'im oilasini ko'rishga va keyingi kunlar uchun bir necha tashkiliy ishlarni bitirishga ketdi. 

Avvalo Registon maydonidagi uch madrasa va masjid tomon yo'l oldik, uch yil oldingi tashrifimdan buyon bu yerda bir necha o'zgarishlar bo'libdi. Ko'plab nuragan joylar tuzatilgan, katta maydon ham ancha yangilangan. Madaniy merosni saqlab qolish uchun mablag' va xohish mavjud ekani sezilarli. 

Registonga tashrifdan so'ng Bibixonim masjidi hamda Siyob bozori sari otlandik, bu yerda ziravordan meva-sabzavot, shirinliklardan suvenirlargacha hamma narsa topiladi.

Bibixonim madrasasi

Bozordan O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov mavzoleyigacha bir qadam. Sekin ochlikni his qila boshladik va Afrosiyob choyxonasiga o'tdik. Bu safar salatlar bilan birga kartoshka va mol go'shtidan kabob buyurtma qildik. 

Cheksiz quritilgan mevalar
Holvalar
Yovvoyi bodom
Ziravorlar
Prezident qabri
Shaharga nazar
Samarqandcha kabob

Tushlikdan so'ng xayrlashdik va oyog'imizni biroz cho'zish uchun mehmonxonaga qaytdik. Mehmoxonada rafiqam qaytgancha bittadan pivo va bir qancha choy ichdik. Mehmonxonada nonushtadan boshqa vaqtda ovqatlar taklif qilinmaydi, ammo yaqin oradagi restoranlardan tog'ridan to'gri mehmonxonaga buyurtma qilib berishadi, biz ham ushbu yo'lni tanladik. 

Kechki ovqatga qo'y va mol go'shtidan uch six shashlik, salatlar va non buyurtma qildik. Roppa rosa 166.000 so'mga barchamizni qornimiz to'ydi. Bir necha soat davom etgan ajoyib oqshomdan so'ng uyquga ketdik. 

uz_UZ