Linderhof qasri

Alp tog'lariga qisqa safarimizning so'ngida Linderhof qasrida to'xtab o'tdik, bu saroyga kirish ham Neyshvanshtayn qasri kabi Bavariya saroylari yillik bileti ichiga olingan va bu yerda ham gidlik xizmati oldindan bron qilinishi kerak. Saroyga kirish uchun vaqtlar odatda bir hafta oldin yoqiladi, kunning birinchi tourini bron qila olsangiz omadingiz chopib kam kishilik guruhga tushishingiz mumkin, kechroq guruhlar odatda juda tez band qilinadi va köp kishidan iborat bo'ladi (25-30 kishi).

Favvora har yarim soatda taxminan 10 daqiqa muddatga yoqiladi. Park xuddi ertaklardagidek yaratilgan va juda pokiza saqlanadi, ushbu qasr haqiqatda yashash uchun ham foydalanilgani sezilib turadi.

uz_UZ