Bombardier CRJ-1000 / Air Nostrum

Bombardier CRJ-1000 haqida hozirgacha maqola yozmagan edim, ammo bu ushbu turdagi mashinada parvoz qilmaganimni ko'rsatmaydi.

CRJ-1000 bilan ilk bora 2018-yil yanvar oyida Binter Canarias uchun uchgan Air Nostrum orqali shimoliy Tenerifedan Las Palmas Gran Kanariyaga, ya'ni Kanar orollariga parvoz qilgandim. Uchish uchun band etilgan vaqt 30 daqiqa deya ko'rsatilgandi, ammo parvoz 20 daqiqadan oshmadi.

2023-yil 4-fevralda Mayorkadan (PMI) Ibitsa (IBZ) orqali Valensiyagacha (VLC) yo'lni ushbu samolyot turidagi ikkinchi va uchinchi parvozlarim orqali bosib o'tdim.

Ushbu bog'lanma (peresadka) parvoz Iberia o'zi tomonidan taklif etilgani sababli keyingi parvozga kechikish xavfi ancha past. PMIdagi jo'nash yo'lagiga yetib kelgach samolyot almashinish haqida ma'lumot qidirdim, meni bu jarayon hech qanday muammolarsiz kechishiga ishontirishdi. Xullas, bu bildirilgan ishonchni qabul qilmaslikdan boshqa imkonim yo'q edi, kechikish xavfi Iberiani o'ziga bog'liq endi, Flightradar24 veb sahifasida xuddi shu mashinaning o'zi ikkala parvoz uchun ham reja qilinganiga ko'zim tushdi.

Qo'shni orol Ibitsaga bo'lgan birinchi parvozga chiqish o'z vaqtida boshlandi. Ushbu taxminan 20 daqiqalik parvoz faqatgina 50 kishi tomonidan bron qilingandi, bu uchun CRJ-200 ham bemalol yetgan bo'lardi.

Mashinadan tushishdan avval ekipaj a'zolaridan biriga keyingi parvozda ham birga uchishimni aytdim, ular darhol yer ekipajiga transfer yo'lovchilari borligini xabar berishdi (bu orada transfer yo'lovchilar 4 kishi ekani ma'lum bo'ldi) va simsiz aloqa orqali bizni xuddi shu mashina reysga qo'yilgan keyingi uchish yo'lagiga boshqarish uchun kimdir chaqirildi, shu sababdan nazorat nuqtasida yana bir bora tekshirilishimizga hojat qolmadi.

Uchish yo'lagida esa Ibizadagi Priority Pass dam olish xonasiga 10 daqiqani o'tqazish uchun kirish imkoni bor edi, ammo men CRJ-1000ga qaratilgan manzaradan bahra olishga qaror qildim.

Keyingi parvoz uchun 23A o'rnini band etgandim, bu oyna oldidagi eng arzon o'rinlardan biri edi, ammo mashinaga chiqgach juda xushmuomala ekipaj a'zolaridan biri favqulodda chiqish eshigi oldidagi uzun oyoqlarni cho'zishga juda qulay bo'lgan 17F o'indig'ini taklif etdi, ushbu taklifni minnatdorchilik ila qabul etdim. Ushbu reys ham hech bo'lmasa yarmigacha bron qilinmagan ekan.

Ikkala reysda ham ekipaj a'zolari sotuv aravachasi bilan shoshilinch u yoqdan bu yoqga o'tib turishdi, chunki Iberia parvozlarida bir qancha vaqtdan buyon hech qanday bepul xizmat taklif etmaydi, ammo ushbu mamlakat va orolchalar orasidagi juda qisqa parvozlar davomida biron nima sota olish imkoniyati deyarli yo'q.

uz_UZ