Kukushka bilan qatnov (Gruziya)

Gruziyaga sayohatim davomida Kukushkada yurish esdan chiqish mumkin emasdi albatta. Borjomi-Bakuriani yo'nalishi gruzin temir yo'lining so'ngi tor relsi hisoblanadi. 39km masofaga CS11 SZD safiga kiruvchi poyezd qariyb ikki soat sarflaydi. Men ushbu poyezdda 2020-yilning mart oyida yurgandim, 2021-yil martidan buyon bu yo'nalish harakati to'xtatilgan va qatnov qachondir qayta yo'lga qo'yilishi hozircha noma'lum.

Kuniga har bir yo'nalishga ikki-uch marta qatnov yo'lga qo'yilgandi, tashrifim chog'ida 4 lokomotiv va turli garnituralar xizmatga shay edi. Yo'nalish cho'qqisida poyezdlar yuzma-yuz kelishadi. Chiptalarni poyezdning o'zida ham olish mumkin, menga esa kassada Tbilisiga yuruvchi poyezd uchun bo'lgan noto'g'ri chipta berishibdi, gruzin tili o'z maxsus yozuviga egaligi tufayli chet elliklar o'qiy olish imkoni yo'q desa ham bo'ladi.

Tbilisiga poyezd

Vokzal sari

Mehmonxonam Borjomi vokzal parkiga yaqin joylashgandi. Tbilisiga birinchi poyezd bilan avvalo hozirgi markaziy hamda sobiq yuk vokzali sari u yerdan keyingi poyezdga o'tish uchun yo'l oldim. Bu yerda ikki yoki uch vagon bilan harakatlaniladi, ba'zi vagonlarda o'rindiqlar qulayroq bo'lishiga qaramasdan sinflar orasida farq yo'q. Harakat davomida vagonlar orasidagi platformalarga o'tish mumkin, ular ayniqsa sur'atga olish uchun qulay.

Poyezd harakati

39kmli yo'ldagi ko'plab tepaliklar, qiyaliklar va burilishlar tufayli poyezd tabiat manzaralari aro sekin harakatlanadi, eng yuqori tezlik hisoblangan 45km/h ga odatda yetib borilmaydi. 1966-yildan beri harakat elektrlashtirilgan, undan avval esa tor yo'l parovozlari qatnovda bo'lgan, o'sha damlarda e'tiborga tushgan signal ovozi tufayli bu yo'nalishga "Kukushka" nomi berilgan.

Jo'nash

Odatda poyezd o'z vaqtida jo'nab ketadi, tushdan keyin esa Tbilisidan keluvchi poyezd kechiksa bu poyezd nafaqat sayyohlar, balki mahalliy aholi orasida ham mashhurligi va bu yerda poyezd almashtiruvchilar anchagina bo'lgani tufayli ushbu poyezdni kutib turadi va biroz kechikib yo'lga chiqadi. Ertalabki poyezd Tbilisi va Bakurianigacha bo'lgan kunning ilk poyezdlar bo'lgani sababli poyezd almashtiruvchilarni kutishiga hojat yo'q.

Yo'l davomida dalalar, o'tloqlar va o'rmonlardan boshqa narsa ko'rinmaydi. Jo'nab ketish ancha barvaqt bo'lgani tufayli bilet yechganimdan keyingi vaqtdan biroz mizg'ib olish uchun foydalanaman. Vagon yagona yo'lovchisi men edim. Bakurianiga o'z vaqtida relsning ikkinchi oxirida yetib keldik, bu yerda lokomotiv old tomonga o'tqazildi va mashina 20 daqiqalik tanaffusdan so'ng qaytish yo'liga otlandi. Meni esa Bakuriani shahrini aylanish va peshingi poyezd bilan qaytishdan avval biron nima tanovvul etish uchun taxminan to'rt soatcha vaqtim bor edi.

Bakuriani vokzali

Qaytish

Poyezd Bakurianiga o'z vaqtida yetib keldi. Ertalabki poyezddagiga nisbata ancha ko'p yo'lovchi poyezdga chiqgan ekan. Bir qanchasi ushbu poyezd bilan birdan qaytib ketish uchun poyezdni tark etishmadi.

Qaytishimda uch vagon qo'shilgandi, o'ylashimcha Tbilisidan va Tbilisigacha bo'lgan almashish imkoni tufayli ko'pchilik tushdan keyin ham yo'lga chiqadi.

Borjomiga yo'lning asosiy qismini so'nggi vagonning orqa platformasida o'tqazdim, chunki bu yerdan turib barcha vagonlar va lokomotivni birgalikda hamda atrof-muhitni sur'atga olish imkoniyati yaxshi edi.

Qaytish yo'li Borjomiga 15km qolganda kuchli taraqlash va poyezdning to'satdanto'xtab qolganini aytmaganda deyarli hodisalarsiz kechdi. Lokomotiv boshqaruvchilari poyezddan sakrab mashina tagiga o'rmalashganlaricha hech qanday harakatlanish bo'lmadi. Yo'lovchilar uchun hech qanday ma'lumotlar yo'q edi, men hodisa haqida o'z xulosamni chiqarishga qaror qildim, boshqalar ergashishdi.

Poyezd relsdan chiqib ketgan ekan. Hech kim bu hodisa poyezd avvallari ming bora muammosiz harakatlangan kichi burlishda qanday ro'y berganini tushuntirib bera olmasdi. Xullas, poyezd hali beri joyidan jila olmasligiga ishonchim komil edi. Bir kun avval ushbu Borjomi yaqinidagi qishloqda bo'lganim jonimga oro kirdi, piyoda yo'l kanat yo'li mavjudligi tufayli 12 kmcha chiqardi, poyezd yo'li masofasi esa biroz uzoqroq edi. Bir-necha soatda yetib keladigan yordam kuchini kutishni xohlamaganim uchun Borjomi sari piyoda yo'lga tushdim va 1,5 soat deganda manzilga yetib keldim. Baxtimga kanat yo'li hali ham harakatda ekan, bu orqali tog'dan piyoda tushishimga hojat qolmadi.

Poyezd qachon qayta yo'lga solingani menga qorong'u qoldi.

[sp-form formid=5257]

uz_UZ