Rodax vodiyi temir yo'lida

Avgust oyida ko'pchilikdan farqli ravishda 9€lik bilet bilan ommaviy transport vositalaridan foydalanmaslikga qaror qabul qildik, ushbu yo'limiz bizni Temir yo'l do'stlari uyushmasi Rodaxtalbahn (Rodax vodiysi temir yo'li) sari boshladi. Rodax vodiysi temir yo'li Kronaxdan Nordhalbenga olib boruvchi eski yon temir yo'lni ko'rsatadi.

Rodax vodiyida rejalashtirilgan yo'lovchi tashuvchi poyezd harakati 1976-yillarda to'xtatilgan; yuk tashish esa 1994-yilda tugatildi va natijada ushbu yo'nalishdagi shina yo'llari ham yopildi. Shina yo'li yopilgach Kronach va Shtaynviezen orasidagi temir yo'l izlari olib tashlangan va oldingi trassa hozirda velosiped yo'liga aylantirilgan. Shtaynviezen va so'ngi bekat bo'lmish Nordhalben orasidagi qolgan yo'l qismi esa 2007-yilning 15-sentabridan buyon Rodachtalbahn e.V. uyushmasi tomonidan temir yo'l muzeyiga qarashli poyezdlar harakatlanishi uchun foydalaniladi. Muzey poyezdi 1959-yilda ishlab chiqarilgan ikki MAN temir yo'l avtobuslaridan iborat va 1-maydan oktabr oxirigacha yakshanba hamda bayram kunlarida harakatlanadi. Bundan tashqari Pasxa bayrami va Nikolaus kunlarida ham maxsus qatnovlar taklif etiladi.

Rodaxtalbahn muzeyiga qarashli ikki qismli tarixiy VT 798 731-6 motor vagoni va VS 998 744-7 vagonlaridan iborat temir yo'l avtobusi harakat mavsumining yakshanba va bayram kunlarida Nordhalben va Shtaynviezen orasida to'rt marta harakatlanadi va taxminan 100 yo'lovchiga joy taqdim etadi. Bolalar aravachalari va velosipedlar joy yetishiga qarab bepul olib ketiladi. Odatiy qatnovlardan tashqari alohida istaklarga moslangan maxsus qatnovlar ham buyurtma qilish imkoni mavjud. Betakror va original foydalanish yo'llaridan biri sifatida muzey poyezdi bilan "kelin o'girlash"ni misol qilib keltirish mumkin.

One thought on “Eine Fahrt mit der Rodachtalbahn

Comments are closed.

uz_UZ