Poyezd bilan O'zbekiston bo'ylab

Chet eldagi mamlakat bo'ylab sayohatlarimda ko'p hollarda temir yo'ldan ham foydalanaman, O'zbekistonda ham xuddi shunday bo'ldi. 2019-yildagi ilk sayohatimdan beri bilet buyurtma qilish tizimida biroz o'zgarishlar bo'libdi. Ammo hali ham buyurtma qilingan chiptalarni kassadan olib ketish shart yoki yo'qligini may oyida rejalashtirilgan sayohatimdan keyin ayta olaman.

Chiptalarni uydan turib qulaygina O'zbekiston Temir yo'llari vebsahifasi orqali buyurtma qilish mumkin. Veb sahifa hozirda ingliz tilida ham mavjud. Ko'plab yo'nalishlar mamlakat bo'ylab kunlik qatnaydi, xalqaro poyezdlar esa haftada bir-necha marta yurishadi. Quyida e'tiborimni faqat mamlakat ichida yuruvchi poyezdlar qatnoviga qaratmoqchiman.

Chipta olish

Ko'plab yo'nalishlar chiptalarini qatnov kunidan 4 hafta avval, ba'zi yo'nalishlarni esa hatto 6 haftagacha avval buyurtma qilish mumkin. Narxlar mamlakat pul birligi so'mda ko'rsatilgan, ayni damdagi kurs quyidagicha: 12.000 So'm = 1€ (03/2022).

Poyezd turlari

O'zbekistonda ham turli poyezdlar mavjud. Bir necha yillardan buyon ispaniyalik ishlab chiqaruvchi Talgoning rus keng temir yo'l izlariga moslangan maxsus tezyurar poyezdi ham harakatda. Tezyurar poyezd hozirda quyidagi yo'nalishda yuradi: Toshkent - Samarqand - Buxoro. Buxoro, Urganch va Xiva orasidagi tezyurar poyezd yo'li hozirda qurilishda, bu orqali yaqin yillarda butun tezyurar yo'nalishi masofasi 7 soat ichida bosib o'tilishi rejalashtirilgan.

  • Tezyurar poyezd "Afrosiyob" Toshkent - Samarqand - Buxoro
  • Turli yo'nalishlarda qatnovchi "Sharq" ekspress va tungi poyezdlari
    • turli vagon konfiguratsiyalari mavjud
  • "Nasaf" Delyuks poyezdi Toshkent - Samarqand - Qarshi

Poyezdda sayohat toifalari

Afrosiyobdaan boshqa barcha poyezdlar birinchi, ikkinchi va uchinchi toifalarga ega. Tezyurar poyezdda uchinchi toifa mavjud emas, ushbu "Platskart" nomi ostida ham mashhur va ochiq katta uxlash imkoniyatiga ega vagonlarni nazarda tutadi.

"Sharq" poyezdlari kunduzgi va tungi turlarga ajratiladi. Kunduzgi poyezdlar bu orada kupesiz katta vagonlar bilan ham harakatlanishadi.

Sharq

1-toifa
2-toifa

Afrosiyob

1-toifa
2-toifa

Tungi hamda Ekspres poyezd

1-toifa
2-toifa
3-toifa

Narxlar

O'zbekiston temir yo'lidan foydalaish nemis narxlariga nisbatan ancha arzon. Yuqorida ko'rsatilgan skrenshotlarda tegishli toifalarning Toshkent - Samarqand yo'nalishi uchun narxlari ko'rsatilgan. Quyida esa narxlarga 12.000 UZS = 1€ alishtirish kursi asosidagi bir necha misollar:

  • Toshkent - Samarqand
    • Afrosiyob biznes/VIP 16,60€, 1-toifa 11,50€, 2-toifa 8,30€
    • Sharq 1-toifa 8,80€, 2-toifa 6,20€
    • Tungi poyezd 1-toifa 17€, 2-toifa 10,20€, 3-toifa 7,80€
  • Samarqand - Xiva
    • Tungi poyezd 1-toifa 25€, 2-toifa 14,30€, 3-toifa 10,40€
  • Toshkent - Xiva
    • Tungi poyezd 1-toifa 33,80€, 2-toifa 18,60€, 3-toifa 13,20€
  • Toshkent - Buxoro
    • Afrosiyob biznes 27€, 1-toifa 19,40€, 2-toifa 14€
    • Sharq 1-toifa 11,90€, 2-toifa 8,20€
    • Tungi poyezd 1-toifa 22,80€, 2-toifa 13,10€, 3-toifa 9,70€

Chipta buyurtma qilish jarayonida toifa, o'tirish yoki uxlash joyi tanlangach chiptalar boshqalarga o'tqazilish mumkin emasligi tufayli pasport ma'lumotlari ham so'raladi va kirishda ushbu ma'lumotlar chipta bilan qiyoslanadi.

To'lov

Kerakli ma'lumotlar tasdiqlangach chiptalar pulini to'lash kerak bo'ladi. Hozirgi kunda quyidagi skrenshotda ko'rib turganizdek turli to'lov imkoniyatlari mavjud.

To'lov imkoniyatlari

To'lov amalga oshirilgach elektron chipta beriladi, ushbu bilan poyezddan to'g'ridan-to'g'ri foydalanish yoki avval quyidagidek stilistik chiptalarga alishtirish kerak bo'ladi, bu savolga keyingi safarimdan so'ng javob bera olaman.

Poyezd chiptasi, 2019, Urganch - Nukus
Xayol: "nima bo'lsa ham noto'g'ri poyezdga chiqib qo'yma!"
uz_UZ