American Express Platina (shaxsiy)

American Express Platina kredit kartasi umuman olganda sayohat kredit kartasi hisoblanadi. Do'stlarni taklif qilish uchun tez-tez bonuslar mavjud, ammo ushbu bonuslar ayni damda noma'lum muddatga to'xtatilgan. Metaldan tayyorlangan American Express Platina kartasi ko'p joylarda nazarga tashlanib turadi. Ushbu eksklyusiv karta oyiga 60€ yoki yiliga 720€ turadi, bonus ballar MR-hisobiga kiruvchi kamida bitta kartangiz mavjud bo'lgan davrda cheksiz amal qiladi. Yiliga 15€ qo'shimcha to'lov bilan Turbo rejimni yoqtirish mumkin, ushbu holda sarf qilgan har bir evro uchun 1 ball o'rniga 1,5 ball to'playsiz.

Platina kartasi afzalliklari

  • Ijara mashinalar, mehmonxona yoki parvozlar uchun yillik 200€ sayohat bonusi
    • Bonusni bo'lib ishlatish imkoniyati mavjud emas
    • Bonus pul sayohat portali orqali bron qilingach kredit karta hisobingizga qaytariladi
  • 200€ Sixt Ride bonusi (10x 20€ga bo'lingan kupon holatida)
    • Ride bonusi 2x20€ taxi kuponini o'z ichiga oladi va bir martada ishlatish mumkin emas!
    • Sixt Ridening o'zi ko'p shaharlarda har bir taksi qatnovi uchun Uber va FreeNowga nisbatan 20€ bonus kuponga qaramasdan ancha qimmat turadi
  • Mr.Porter yoki Net-a-Porter uchun yiliga 2x45€ xarid kuponi
  • Offerlar orqali xarid uchun bir qancha chegirmalar
    • ko'p hollarda qo'shimcha ballar tarzida ham
  • 120€ Entertainment-kuponi (oyiga 10€dan), masalan Netflix uchun
  • Global Dining Collection safidagi turli restoranlar uchun 150€ ovqatlanish kuponi
  • Global Cruise Programmasiga kirish
  • American Express Conciergega 24/7 kirish imkoniyati
  • 7 nemis ayroportida Valet Parking Service xizmatlari uchun arzonroq narxlar
  • American Express Experience (ilova): turli eventlarga kirish imkoniyati va chiptalar

Turli aeroport va aviakompaniyalar dam olish xonalariga kirish

  • Priority Pass Prestige a'zoligi va bir mehmonni bepul taklif qilish imkoniyati nafaqat bosh balki qo'shimcha kartaga ham beriladi
    • American Express Germaniya uchun eksklyuziv
    • Kafe va restoranlar odatda bu hisobga kirmaydi, ammo BER A yo'lagidagi Mövenpick kafesi ushbu a'zolik ichida
  • Lufthansa biznes va senatorlar dam olish xonalariga Lufthansa, Austrian Airlines va Swiss ekonom yoki biznes klass chiptalari bilan kirish
    • Berlin, Gamburg, Frankfurt va Myunxenda
    • faqat bosh va qo'shimcha karta egalari
  • Delta Air Lines parvozlari orqali Delta Sky Clubga kirish
  • Exklyuziv American Express Centurion dam olish xonalariga kirish
    • 2tagacha mehmon olib kirilishi mumkin
  • Quyidagi boshqa dam olish xonalariga kirish
    • Plaza Premium 1 mehmon bilan birga
    • Escape Lounges (AQSh)
    • Airspace Lounge San Diego

Sug'urta imtiyozlari

  • Kechikgan yoki bekor qilingan parvozlar va kechikgan yoki yo'qolgan yuk uchun qulay sayohat sug'urtasi
    • agar parvoz Platina kartasi bilan bron qilingan bo'lsa
  • Xorijga sayohat uchun tibbiy sug'urta
  • Sayohat davomida shaxsiy javobgarlik sug'urtasi
  • Sayohat davomida baxtsiz hodisalar sug'urtasi
  • Ijara mashina sug'urtasi - javobgarlik sug'urtasi, mashina zarar ko'rganda keng qamrovli sug'urta, o'g'irlanish holatidan sug'urta
    • Turar joyidan tashqari bo'lgan hududda
    • faqat biron bir parvoz yoki mehmonxonada tunash bilan birgalikda amal qiladi, ushbular Platina kartasi bilan bron qilingan bo'lishi lozim
  • Avtomobil yordamchisi (assistent)
  • Sayohatni muddatidan avval qisqartirish va to'xtatish sug'urtasi
  • Sayohatni bekor qilish sug'urtasi
  • Kengaytirilgan kafolat va xaridor himoyasi
    • 90 kunlik qaytarib berish huquqi

Turli mehmonxona dasturlarida status

  • Hilton Honors Oltin
  • Radisson Rewards Oltin
  • Marriott Bonvoy Gold Elita
  • GHA Discovery Platina
  • Melía Rewards Oltin
  • Fine Hotels & Resorts-Programm (FHR) va The Hotel Collection ga kirish

Quyidagi mashina ijara olish dasturlarida status

  • Sixt Platina
  • Hertz Rewards Five Stars

Xotima

Haqiqatni aytganda ko'pchilik blogerlar sizdan o'z hisob-kitoblarida nimalarni yashirishadi: Sixt Rideni Platina karta afzalliklari safiga kiritib bo'lmaydi, chunki ushbu ko'p holatlarda foydalanilmasdan qoladi, bu imkoniyatning faqatgina 2x20€ taksi kuponidan foydalanish mumkin, ammo hamma shaharda ham topavermaysiz. Sixt Ride o'zi ko'pincha Uber yoki FreeNowga nisbatan ancha qimmat va ushbu toifadagi boshqa xizmat ko'rsatuvchilarga nisbatan afzalliklari umuman yo'q.

American Express Platina kartasi men uchun nega baribir qulayligiga keladigan bo'lsak, javob juda oson: men tez-tez parvoz qilib turaman va bu vaqtda PriorityPass kirish imkonini beruvchi dam olish xonalaridan foydalanaman, doim ham qo'shimcha karta sohibi bo'lmagan hamrohlarim esa bu xonalarga bepul birga kirishlari mumkin. Bundan tashqari American Express Platina kartasi yuqorida sanab o'tilgan mehmonxonalarda statusni saqlab qolish uchun lozim bo'lgan sanoqsiz tunab qolish zaruriyatini bartaraf qiladi va bu orqali mehmonxonalarning ko'pgina qo'shimcha xizmatlaridan foydalanish borasida tashvish qilmasam ham bo'ladi.

Turli do'konlarda esa Offerslar orqali ma'lum miqdordagi xarajatdan so'ng biroz miqdorda pul qaytariladi yoki qo'shimcha ballar beriladi. Kredit kartangiz qancha qimmat bo'lsa shuncha ko'p Offers beriladi. Quyidagilar fikrimcha o'tgan yillardagi eng yaxshi Offerlar edi:

  • Aldi/Mediamarkt/dm do'konlari uchun 250€ xarid kuponi
  • KLMda 200€ xarajat qilsangiz 40€ qaytariladi (bu Offer tez-tez beriladi)
  • Kichikroq do'konlarda 15€lik xarid uchun 5€ qaytariladi (Shop Small)
  • Obi, Bauhaus, Jet-Tankstelle kabi turli do'konlarda 50€ xarajat uchun 500 qo'shimcha ball

Ushbu yoki o'xshash takliflar yana qayta kelishini oldindan aytish fol ochishdek gap. €-zonadan tashqarida xorijiy transaksiya to'lovlari ham bor (AEE).

MR-Ballaridan foydalanish

Membership-Reward (MR) ballari orqali American Express bonus do'konida turli xaridlar uchun yechilishi mumkin, ammo stavkalar juda oddiy. Turli to'lovlar jarayonida ham ushbu ballar bilan to'lash imkoni bor, ammo ular juda yomon alishtiruv kursi bilan yechib olinadi.

Ballardan foydalanishning eng yaxshi yo'li turli hamkor dasturlarga ushbu ballarni o'tqazish orqali foydalanishdir, bu safga turli aviakompaniyalar va mehmonxonalar kiradi. Dasturga qarab ballarni yechish turli xil va transfer kursi 1:1 dan 5:4, 3:2gacha boradi. Eng yomon kvota Payback tomonidan 2:1 tarzida taklif etiladi, ushbu hamkor dasturga ballarni favqulodda vaziyatlardagina, masalan Miles & Mores dasturidan foydalanish uchun, transfer qilish tavsiya etiladi, chunki M&M American Expressning to'g'ridan-to'g'ri hamkorlari safiga kirmaydi.

Ma'lumotlar to'liqligiga kafolat berilmaydi. 2023-yil may holatiga ko'ra.

uz_UZ