Fridrixshafen Dornier muzeyi

Fridrixshafendagi Dornier muzeyi texnik muzey hisoblanadi va samolyot quruvchisi Claude Dornier(1884–1969) kashfiyotlari va hozirda Airbus tarkibiga kiruvchi Dornier firmasi ishlaridan namunalar ko'rsatadi. Ushbu muzey asoschisi Claude Dornierning uchinchi o'g'li Silvius Dornier, homiyi esa Dornier nomli aerokosmik jamg'arma hisoblanadi.

Muzey 2005-yildan beri bir qancha Dornier samolyotlari, samolyot modellari va boshqa eksponatlarga ega, ushbu yig'ilma 2009-yil 24-iyuldagi Fridrixshafen aeroporti yonida joylashgan 5.590 m² hajmli bino hamda 25.000 m²li manzarali parkda muzey ochilishidan buyon ko'rgazmaga qo'yilgan. Bundan tashqari quyidagi mavzular ostidagi ko'rgazmalar taqdim etiladi - firma tarixi, ishlab chiqarish bo'limlari va samolyot modellari, shu qatorda Dornier Do X. Shu bilan birga muzeyda Dornier va uning faoliyatiga bog'liq arxiv va kutubxona ham mavjud.

Chiptalar kishi boshiga 6€ turadi va butun muzeyga tashrifni hamda hujjatli filmlar namoyishini o'z ichiga oladi.

Qorningz och qola boshlasa, muzey o'rtasida joylashgan Do-X restoranida Fridrixshafen aeroportiga nazar tashlagan holda mazzali taomlar tanovvul qilishingiz mumkin.

uz_UZ