Donaudagi Noyburgga sayohat

Iyun oyining quyoshli kunlarining birida Noyburgga sayohat rejalashtirilgandi. Noyburg bir necha asrlar davomida Pfals-Noyburg gersogligi qarorgohi bo'lgani shahar arxitekturasida hozirgacha o'z aksini topgan. Shahardan tashqari albatta saroyga ham kirib o'tish lozim.

Donaudagi Noyburg qasri 1505-yil asos solingan Pfals-Noyburg knyazligining yagona saroyi sifatida alohida ahamiyatga ega. Kuchli to'rt qanotli ichki hovliga ega dabdabali saroy majmuasi kechki gotika namunalaridan bo'lgan qal'ada bunyod etilgan. Bu yerning ilk knyazi va keyinroq Pfals knyazi Otthaynrix (1502-1559) ushbu uch buyuk renesans traktlarining 1530-yilda boshlangan qurilishiga bosh bo'lgan. 1560-1562-yillar oralig'ida pfals grafi Volfgang niderlandiyalik usta Gans Shroer orqali hovli fasadlariga Injildan namunalarni sgrafito uslubida ishlov berdirgan, ushbu bezaklar saroy o'ziga xosliklarining bir namunasi hisoblanadi.

Qasrga ekskursiya aasosida tashrif buyurish mumkin. Ushbu saroyga kirish ham Bavariya saroylari yillik tashrif kartasi ichiga olingan.

uz_UZ