Sanspareil qoyalar bog'iga sayohat

2022-yil yanvar oyida Koburg shahri yaqinidagi Sanspareil qoyalar bog'iga sayohat qildik. Markgrafinya Vilhelmine ukasi Buyuk Fridrixga yozgan xatida ushbu qoyalar bog'ini shunday tariflagandi: "Usta quruvchi tabiatning o'zi bo'lgan". Haqiqatdan ham olxazordagi Sanspareil qoyalarining tabiiy g'alati shakllari 1744-yildan boshlab barpo etilgan bog' ko'rinishida katta rol o'ynaydi. Markgraflik davrida bir qancha qoyalar va g'orlarga fransuz romani "Telemaxusning sarguzashtlari" sahnalari nomi berilgan. Qoyalar bog'i yonginasida Zwernitz qal'asi joylashgan, ammo biz ushbuga tashrif buyurmadik.

uz_UZ