Vartburg qal'asiga sayohat

Rodaxtal poyezdi bilan sayohatmizdan so'ng shimolning yaxshi ob-havosi sari otlanishga va Eisenach shahriga borishga qaror qildik. Manzilimiz Vartburg qal'asi edi. Tyuringen yerida joylashgan Eisenach shahridagi ushbu qal'a Germaniyadagi boshqa ko'plab qal'alarga nisbatan nemis tarixiga chuqur singgan. O'z ajoyib madaniy-tarixiy aamiyati tufayli qal'a 1999-yil UNESCO madniy me'roslari safiga kiritilgan.

Qal'a tashrif buyuruvchilar uchun yil bo'yi ochiq, ichki xonalarga kirish ekskursiya to'lovi bilan bir qatorda sur'atga olish uchun biroz to'lov talab qilinadi, odatda ko'pi bilan 2€, kimki ekskursiyasiz kirishni ma'qul ko'rsa ichki xonalarga 14:30dan so'ng tashrif buyurishi mumkin. Qal'a tashqarisi va hovlilariga tashrif bepul. Faqatgina qal'a tepasiga chiqish uchun 1€ o'tqazish avtomatiga tashlanishi lozim.

One thought on “Ausflug auf die Wartburg

Comments are closed.

uz_UZ