Lixtenshtayn knyazligida bir kun

Alp tog'lari va Bodensee ko'li oralig'idagi sayohatimi davomida Lixtenshtayn knyazligiga ham o'tishga qaror qildik. Nemis tilida gapiruvchi ushbu davlat o'rta asrlarga xos qal'alari, Alp tog'lari manzaralari va ko'plab sayr yo'llari bilan bir-biriga bog'langan qishloqlari orqali nom chiqargan. Ushbu davlat Avstriya va Shveytsariya orasida joylashgan, poytaxti Vaduz madaniyat va moliyaviy iqtisodiyot markazi hisoblanadi. Lixtenshtayn yer yuzi eng kichik davlatlaridan biri hisoblanadi va bu borada dunyo miqyosida oltinchi, Yevropada esa to'rtinchi o'rinda turadi. Vaduz yuqori qismida qoyalar ustida Vaduz qasri joylashgan, ushbu qasr shaharning maxsus simboli va knyazlik oilasi qarorgohi hisoblanadi.

Ob-havo juda ajoyib bo'lgani sababli avvalo qasr yaqiniga bordik, qasr afsuski faqat tashqi tomondan kuzatilishi mumkin, ammo bu qasrning shahar yuqorisidagi betakror joyda o'rin topgani tufayli ham undan kuchli ta'asurot olishga to'sqinlik qilmaydi.

Qasrga tashrifimizdan so'ng shahar ichidan mashina to'xtash joyi qidirdik. To'xtash joylari yakshanba kuni bepul, ammo shunga qaramasdan mashina raqami ro'yxatdan o'tqazilishi kerak.

Vaduz eski shahar qismi kichik va turli muzeylarga tashrif buyurishga chorlab turadi. Biz avvalo bepul pochta muzeyiga kirdik, ushbu muzey Lixtenshtayn xazinasi yuqori qavatida joylashgan. Xazinaga kirish chiptasini xohishga qarab yolg'iz yoki Mamlakat muzeyi (Landesmuseum) bilan birlashtirilgan chipta tarzida olish mumkin, biz birlashtirilgan chipta olishga qaror qildik.

Muzeylarga tashrifdan so'ng turizm ma'lumotlari bo'limiga yo'l oldik, bu yerda knyazlik muhrini esdalik sifatida pasportga urdirish mumkin, bundan tashqari suvenir sifatida Lixtenshtayn pivosi ham olib oldik va uyimiz sari yo'lga tushdik.

uz_UZ