5-kun: Eski shahar va uyga qaytish

Chorshanba, 18-yanvar 2023

Nonushta har kungidek mazali edi, derazadan qaralgandagi manzarani ham sog'inishim aniq.

Nonushtadan so'ng qolgan-qutgan narsalarimizni ham chemodanga joyladik va pastga yo'l oldik, shaharda kun bo'yi qolganimiz tufayli mehmonxona ro'yxatidan chiqdik va narsalarimizni kechgacha mehmonxona yukxonasida qoldirdik.

Tramvay bilan yana eski shaharga yo'l oldik, avvalo Topkapi saroyining jamoat joylarini va ushbu hamda ko'k masjid orqasidagi obelisklarni tomosha qildik.

Aya Sofia oldida navbat juda uzun edi, yaxshiyamki 2021-yil masjid ichkarisiga ham kirgan ekanmiz.

Bu kabi non sotuvchi aravachalar butun shaharda mavjud, biron nima sotib olish uchun eng yaxshi vaqt ertalab, bu vaqtda nonlar hali yangi tandirdan chiqgan bo'ladi.

Yo'limiz turli ziravorlar hidi dimoqga urib turuvchi Misr bozori sari boshladi.

Bozor yaqinidagi kichik bistroda tushlik uchun dönerli taom buyurtma qildik, ovqat juda mazzali ammo afsuski pomidor sousiga bo'ktirilgan ekan, döner bu yerda Germaniyadagidan ancha qimmat, narxi 8 va 16 yevro oralig'ida. 

Ochlikni bosgach Sirkechidagi Marmaray vokzali sari otlandik,bu yerda Istanbul temir yo'llar muzeyi joylashgan, ko'rgazma tarkibida Orient-Express poyezdining turli eksponatlari ham mavjud, muzeyga kirish bepul.

So'ngi marta yana Galata ko'prigi, Karako'y ko'chalari bo'ylab yurdik va mehmonxonaga qaytishdan avval bir finjondan choy ichdik.

17:00 atrofida narsalarimizni mehmonxonadan oldik va Taqsim maydoni sari ketdik, yo'l-yo'lakay uyga olib ketish uchun yana bir nechta shirinliklar sotib oldik hamda 18:00 da avtobus bilan SAW aeroportiga yo'l oldik.

Parvozimiz 23:25da bo'lishiga qaramasdan tiqilinch ko'cha harakatida qolib ketishni xohlamasdan ertaroq yo'lga tushdik. Aeroportgacha 2 soatcha yo'l yurdik, u yerda esa Istanbulning Yevropa qismidagi aeroportga qaraganda ishimiz tez bitdi, nazorat nuqtalari va chiqish joylarida navbat juda qisqa edi. Tepada Plaza Premium reklamasini ko'rib qoldim va ushbu dam olish xonasiga yo'l oldik, Amerikan Ekspress platina kartasi bilan servis xodimlari tomonidan biznes dam olish xonasi deya ko'rsatilgan zalga bepul kirdik. Zal deyarli bo'sh edi.

Uchish maydoniga qaratilgan ko'rinish bilan guruch va tovuq go'shti tanovul qildik. Samolyotga chiqish vaqti yaqinlashgach 302B yo'lagi sari ketdik, bu safar ham samolyotgacha avtobus eltadigan bo'ldi. Bugun bizni deyarli to'liq band etilgan Boeing 737-800 Nyurnbergga olib qaytadi.

Biroz kechikib osmonga ko'tarildik. Nyurnbergga rejadagi vaqtda yetib keldik va chegara nazorati xodimining xushmuomalalik ila aytilgan "Xush kelibsiz" so'zlari bilan kutib olindik, tezda avtomashinalar to'xtash joyida mashinamizni qidirdik va uyga yo'l oldik, qo'nishdan 35 daqiqa o'tar-o'tmas allaqachon uyga yetib kelgandik. Gavjum Istanbulga sayohatimiz haqiqatdan juda ajoyib o'tdi. 

uz_UZ