3-kun: Arxeologiya muzeyi

Seshanba, 17-yanvar 2023

Istanbul go'zal manzarasini tomosha qilgan holda ajoyib nonushta qilgach yana qaynopam bilan uchrashdik. Avvalo sur'atga olish uchun Dolmabahce saroyiga yo'l oldik, keyin esa T1 tramvayi bilan Gülhane parkiga o'tdik, yozda bu park kishi tasavvuriga sig'uvchi barcha ranglardagi gullar bilan jilvalanib turadi.

Keyingi yo'limiz Topkapi saroyi sari boshladi, ammo u seshanba kunlari yopiq bo'larkan. Saroy yonginasida arxeologiya muzeyi joylashgan, kirish 100 lira turadi va bergan hech bir tiyiningizga achinmaysiz.

Muzey 1891-yil rassom va arxeolog Osman Hamdi Bey tomonidan Usmonli Imperiyasi markaziy arxeologiya muzeyi sifatida barpo etilgan, asosiy bino yirik sarkofaglar pavilion darvozasiga sig'magani va qolgan topilmalar ko'rgazmasiga ham joy kerak bo'lganligi sababli qurilgan. U 1910-yil vafot etgunicha muzey birinchi direktori bo'lgan. Muzeyning eng mashhur va betakror obyekti miloddan avvalgi 4-asrga tegishli Aleksandr sarkofagi hisoblanadi, u 1887-yil Livandagi Sidon qazilmalarida topilgan.  

Muzey va uning ajoyib ko'rgazmalariga qiziqarli tashrifimizdan so'ng och qolganimizni his qildik. Shu bahona Hafiz Mustafa 1864 kafelaridan biriga yo'l oldik, u yerda bir necha turdagi pahlava, choy va turk qahvasi buyurtma qildik. Uyga olib ketish uchun esa insofli narxda lokum va shokolad sotib oldik. 

Taksim sari qaytishda esa tramvayga yetguncha suv bo'yidagi kichik ko'chalararo yurishga qaror qildik. Kechga yaqin Taksim bulvarida ajoyib restoran topdik va qo'y go'shtidan Adana kabobi hamda turkcha yupqa tanovul qildik.


Mehmonxonaga qaytishda yana bir nechta tungi sur'atlar oldim. 

uz_UZ