Ikkinchi kun: Istanbulning Osiyo qismi

Yakshanba, 15-yanvar 2023

Kunni MGallery mehmonxonasi 7-qavatida joylashgan Madam Nici restoranidan Istanbulning Osiyo qismi betakror manzarasiga nazar tashlagan holda nonushta qilish bilan boshladik.

Soat 10ga yaqin qaynopam bilan Kadiko'y sari kemalardan biriga chiqish va bugungi kunni u yerda o'tqazish uchun uchrashdik. Shaharning bu qismida ko'plab turli mahsulotlar do'konlari, shu bilan bir qatorda kichik qahvaxonalar va boshqa kiyim-kechak do'konlarini topish mumkin.

Tushdan keyin boshqa qarindoshlarimiz bilan ko'rishdik, qahvadan so'ng aslida tramvay bilan kemalar to'xtash joyigacha bormoqchi edik, ammo juda tirband bo'lganligi tufayli bu fikrdan qaytishimizga to'g'ri keldi.

Keyingi kema bilan shaharning Yevropa qismiga qaytdik va piyoda katta osma ko'prik sari yo'lga tushdik. Kechga yaqin shahar uyg'onadi va odamlar olomon kabi shahar gavjum nuqtalarida to'plana boshlashadi, hafta oxirida eski shahar kunlik sayyohlarga boy bo'lgani uchun bu yerdan masofa saqlagan ma'qul. Asta-sekin ochlikni his qila boshladik va Taqsim sari ortga qaytdik.

Bugun Madam Nicida ovqatlanishga qaror qildik. Kechki ovqatga bifstek, kofte va qo'y go'shtidan qovurma buyurtma qildik, barcha taomlar juda mazali edi. Keyin esa qaynopamni avtobusga oborish hamda tungi sur'atlar olishimizdan avval mehmonxona lobbisida joylashgan barga tushdik va yaxna ichimliklardan bahra oldik. 

uz_UZ